Asosiy matnga o'tish
15-Noyabr, Yakshanba
Jamiyat 1 daqiqa o'qish

Toshkentning bir qator tumanlarida gaz bosimi pasaydi

14-noyabr kuni kechqurun Toshkentning bir qator tumanlarida aholi tabiiy gaz bosimi keskin pasaygani yoki gaz umuman yo‘qligidan shikoyat qilmoqda. Soat 18:45 holatiga ko‘ra, gaz ta’minoti tashkilotlari bu borada rasmiy izoh bermagan.

Gaz plitasi gorelkasi alangasi
Foto: Lisafern / Wikimedia Commons (CC0)

Yangilanish, 18:55: Energetika vazirligi rasmiy axborot berdi — gaz bosimi yaqin 2–3 soat ichida me’yorga keladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Batafsil.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

14-noyabr kuni kechqurun Toshkentning bir qator tumanlarida aholi tabiiy gaz bosimi keskin pasaygani yoki gaz umuman yo‘qligidan shikoyat qilmoqda.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Soat 18:45 holatiga ko‘ra, gaz ta’minoti tashkilotlari bu borada rasmiy izoh bermagan edi.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shikoyatlar Yangihayot, Sergeli, Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod va Chilonzor tumanlaridan kelmoqda.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shahar kommunal xizmatlarining 1055 markaziy dispetcherlik Telegram guruhida soat 17:30 dan keyin fuqarolar ketma-ket gaz yo‘qligi haqida yozgan.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ayrimlar bosim tushdan keyin pasayib, kechqurun gaz butunlay yo‘qolganini aytmoqda.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

1055 dispetcherlik guruhida fuqarolarning gaz yo‘qligi haqidagi xabarlari
1055 markaziy dispetcherlik guruhidagi murojaatlar, 17:33–17:45.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shaxsiy ma’lumotlar yashirilgan

Fuqarolar xabarlari asosida uzilishlarni xaritaga tushiradigan Sveta.Net xizmatida soat 17:44 holatiga gaz bo‘yicha 63 ta xabar qayd etilgan, ulardan 36 tasi tasdiqlangan.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Xizmat 1055 kanalidan yana 306 ta murojaatni xaritaga qo‘shgan.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Belgilar shaharning deyarli barcha qismida bor, eng ko‘pi janubi-g‘arbiy tumanlarda.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sveta.Net xaritasida Toshkentdagi gaz uzilishi haqidagi xabarlar
Sveta.Net xaritasi, 17:44 holati.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Binafsha belgilar — gaz bo‘yicha xabarlar

“Choy ikki soatda ham qaynamayapti.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hali qish kelgani yo‘q”, — deb yozmoqda fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Rasmiy idoralar nima deydi?

“Hududgazta’minot” AJ Telegram kanalida Toshkentdagi bosim pasayishi yuzasidan hozircha xabar yo‘q.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kanaldagi bugungi so‘nggi post (soat 16:30) boshqa hududga tegishli.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu kuni ertalab kompaniya kuz-qish mavsumida gaz taqsimoti bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori haqida ma’lumot bergan.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabrdan 2027-yil 31-martgacha birinchi navbatda aholi xonadonlari, maktablar, bog‘chalar va shifoxonalar gaz bilan ta’minlanadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qarorda magistral quvurlarda bosim pasaysa, gaz taqsimoti tezkor qayta ko‘rib chiqilishi aytilgan.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Havo harorati keskin pasaygan kunlarda boshqa toifadagi iste’molchilarga vaqtinchalik cheklov qo‘yilishi mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Gaz bosimi pasaysa nima qilish kerak?

  • Gaz bosimi pasaygan yoki gaz yo‘q bo‘lsa, barcha gaz jihozlarini o‘chirib qo‘ying va xonada gaz hidi yo‘qligini tekshiring.
  • Gaz hidi sezilsa, chiroqni yoqmang va darhol 104 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
  • Gaz yo‘qligi haqida shahar dispetcherligiga 1055 raqami orqali xabar bering.
  • Gaz plitasi yoki isitgich ishlab turgan xonada uxlamang.
Usmon Shukur
Muallif
Jarayon.uz jurnalisti.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ta’lim, ijtimoiy hayot, siyosat va iqtisodiyot mavzularidagi xabarlarni yoritadi.

Mavzuga oid

Jamiyat