Asosiy matnga o'tish
14-Noyabr, Shanba
Huquq va xizmatlar 2 daqiqa o'qish

Toshkentda isitish mavsumi qachon boshlanadi? Hokimlik izoh berdi

Toshkentda isitish mavsumi qachon boshlanadi? Hokimlik izoh berdi

Toshkent shahrida 2026–2027-yilgi isitish mavsumining boshlanish sanasi hozircha belgilanmagan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Poytaxt hokimligining ma’lum qilishicha, markazlashgan isitish tizimini ishga tushirishda havo harorati hisobga olinadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq havo keskin sovib ketgan taqdirda isitishni boshlash haqidagi qaror ertaroq qabul qilinishi mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Toshkent shahar hokimligi aholining isitish mavsumi qachon boshlanishi haqidagi murojaatlariga munosabat bildirib, tegishli tartibga ko‘ra, o‘rtacha sutkalik havo harorati ketma-ket besh kun davomida +8 darajadan past bo‘lishi kerakligini eslatdi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, hokimlik avvalgi yillardagi tajribadan kelib chiqib, qaror qabul qilishda haqiqiy ob-havo sharoiti ham inobatga olinishini bildirdi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Avvalgi yillardagi kabi haqiqiy ob-havo sharoitini hisobga olamiz va havo keskin sovib ketsa, qaror qabul qilishni kechiktirmaymiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ayni paytda shahar xizmatlari va “Veolia Energy Tashkent” mutaxassislari isitish tizimlarini mavsumga tayyorlash ishlarini olib bormoqda.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Issiqlik uzatish boshlanadigan sana haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘tgan yillarda Toshkentda isitish qachon yoqilgan?

So‘nggi yillarda poytaxtda isitish mavsumi asosan oktyabrning ikkinchi yarmi yoki noyabr boshida boshlangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Xususan, 2025-yilda ijtimoiy soha obyektlariga 3-noyabrdan, ko‘p kvartirali turar joylarga esa 5-noyabrdan issiqlik berilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Quyidagi jadvalda aynan ko‘p kvartirali turar joylarga issiqlik berish boshlangan sanalar keltirilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Toshkentda isitish qachon boshlangan?

2020–2025-yillarda ko‘p kvartirali turar joylarga issiqlik berish boshlangan sanalar.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2025⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

5-noyabr⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2024⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

7-noyabr⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2023⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

8-noyabr⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2022⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

24-oktyabr⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2021⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

14-oktyabr⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2020⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

17-oktyabr⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

1-oktyabr
12-noyabr

⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2023–2025-yillarda Toshkentdagi turar joylarga issiqlik berish 5–8-noyabr oralig‘ida boshlangan.

Izoh: Diagrammada ustun uzunligi 1-oktyabrdan boshlab hisoblangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Sanalar avvalgi yillar bo‘yicha e’lon qilingan ma’lumotlarga asoslangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2023-yilda isitish dastlab 6-noyabrda boshlanishi rejalashtirilgan, biroq texnik muammolar sabab ko‘p qavatli uylarga muntazam issiqlik berish 8-noyabrdan yo‘lga qo‘yilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2024-yilda esa tizimga issiqlik uzatish 5-noyabrda boshlanib, obyektlarni bosqichma-bosqich ulash 7-noyabrga belgilangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Demak, so‘nggi uch yilda Toshkentda turar joylarni isitish noyabrning birinchi haftasida boshlangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq bu yil ham aynan shu sanalarda issiqlik beriladi, degan xulosaga kelib bo‘lmaydi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozircha 2026–2027-yilgi isitish mavsumi qachon boshlanishi rasman e’lon qilinmagan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Toshkent shahar hokimligi qaror ob-havo sharoitidan kelib chiqib qabul qilinishini bildirgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Usmon Shukur
Muallif
Jarayon.uz jurnalisti.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ta’lim, ijtimoiy hayot, siyosat va iqtisodiyot mavzularidagi xabarlarni yoritadi.