Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 941.65 −81.81 EUR 13 383.01 −78.46 RUB 147.65 −1.79

Mediaisteʼmol tadqiqoti: yangiliklar koʻproq Telegramdan olinadi

Mediaisteʼmol tadqiqoti: qoʻlda telefon va televizor pulti

Oʻzbekistonda mediaisteʼmol boʻyicha milliy tadqiqot natijalari eʼlon qilindi. Yangiliklar uchun eng koʻp Telegram kanallaridan foydalaniladi, eng koʻp ishonch esa televideniyega bildiriladi.

 

Mediaisteʼmol tadqiqotining birinchi bosqichi natijalari 2-noyabr kuni Toshkentda taqdim etildi. Tadqiqot Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi loyihasi. Unda Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi ham ishtirok etgan.

 

Soʻrovni “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi oʻtkazgan. U 8–19-sentabr kunlari boʻlib oʻtgan. Unda 14 hududdan 18 yoshdan katta 1411 kishi qatnashgan. Respondentlar bilan uylarida yuzma-yuz suhbat qilingan.

 

Yangiliklar qayerdan olinadi

 

Respondentlarning 50,4 foizi mamlakatdagi yangiliklarni muntazam kuzatadi. Yana 30,4 foizi ularga vaqti-vaqti bilan qiziqadi.

 

Yangiliklarning asosiy manbalari quyidagicha: Telegram kanallari — 51,6 foiz, televideniye — 44,6 foiz, ijtimoiy tarmoqlar — 41,6 foiz. YouTube va videobloglarni 31,3 foiz, onlayn nashrlarni 30 foiz respondent tanlagan.

 

Yoshlar orasida Telegram ulushi yuqoriroq. 18–24 yoshlilarning 66,2 foizi yangiliklarni Telegramdan oladi. 55 yoshdan kattalarda esa televideniye ulushi 77,4 foiz.

 

Mediaisteʼmol tadqiqoti
Yangiliklarning asosiy manbalari
Telegram kanallari51,6%
Televideniye44,6%
Ijtimoiy tarmoqlar41,6%
YouTube va videobloglar31,3%
Onlayn nashrlar30%
Manba: “Ijtimoiy fikr” markazi soʻrovi, 1411 kishi, 2026-yil sentabr.
Ishonch
Qaysi manbaga koʻproq ishoniladi
Televideniye44,3%
Rasmiy davlat saytlari17,3%
Telegram11,3%
Yangilik saytlari7,4%
Ijtimoiy tarmoqlar6,7%
Manba: Mediaisteʼmol boʻyicha milliy tadqiqot, 2026-yil sentabr.
Yangiliklarni muntazam kuzatadi
50,4%
Feykni asosiy muammo deydi
46,6%
Javobgarlikni kuchaytirish tarafdori
77,4%

 

Ishonch boʻyicha televideniye birinchi

 

Eng koʻp ishonch televideniyega bildirilgan — 44,3 foiz. Keyingi oʻrinlarda rasmiy davlat saytlari (17,3 foiz) va Telegram (11,3 foiz) turadi. Yangilik saytlariga 7,4 foiz, ijtimoiy tarmoqlarga 6,7 foiz respondent ishonadi.

 

Televideniyega ishonch yoshga qarab oʻzgaradi. 18–24 yoshlilarda bu koʻrsatkich 23,1 foiz, 55 yoshdan kattalarda 70,6 foiz.

 

Telegram va ijtimoiy tarmoqlar

 

Respondentlarning 64,8 foizi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. Ularning 92,7 foizi Instagramdan, 86,1 foizi Telegramdan foydalanadi. Telegram foydalanuvchilarining 55,2 foizi Oʻzbekiston yangiliklari kanallariga obuna boʻlgan.

 

Feyk xabarlar asosiy muammo deb topildi

 

Respondentlarning 46,6 foizi feyk xabarlarni bugungi OAVning eng dolzarb muammosi deb atagan. 77,4 foizi notoʻgʻri maʼlumot tarqatganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni qoʻllab-quvvatlaydi.

 

27,6 foiz respondent ishonchsiz maʼlumotga tez-tez duch kelishini aytgan. Ular bunday maʼlumotni koʻpincha YouTube va videobloglar (50,1 foiz), Telegram (44 foiz) va ijtimoiy tarmoqlar (38,4 foiz) bilan bogʻlagan.

 

Keyingi bosqich

 

Tadqiqotning ikkinchi bosqichida olti hududda jurnalistlar, matbuot xizmati xodimlari va blogerlar uchun treninglar oʻtkaziladi. Tadqiqot bilan massmedia.uz saytida tanishish mumkin.