Asosiy matnga o'tish
20-Noyabr, Juma
Madaniyat-san'at 1 daqiqa o'qish

Tailandlik Opal Suchata Chuangsri – “Dunyo go‘zali 2025” g‘olibasi deb e’lon qilindi

Tailandlik Opal Suchata Chuangsri – “Dunyo go‘zali 2025” g‘olibasi deb e’lon qilindi

Tailand vakilasi, 21 yoshli Opal Suchata Chuangsri 2025-yilgi “Dunyo go‘zali” (Miss World) tanlovida g‘olib chiqib, mamlakati tarixida ushbu nufuzli unvonni qo‘lga kiritgan birinchi ayol bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Tanlovning 72 yilligi 31-may kuni Hindistonning Haydarobod shahrida bo‘lib o‘tdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Unda dunyoning 108 mamlakatidan kelgan go‘zallar ishtirok etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ G‘alaba tojini Opalga 2024-yilgi g‘oliba — Chexiya vakilasi Krystina Pishkova topshirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Final bosqichida Efiopiya vakilasi Hasset Dereje Admassu ikkinchi o‘rinni, Polsha vakilasi Maja Klajda uchinchi o‘rinni, Martinika vakilasi Oreli Joaxim esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Opalning nutqi hakamlar hay’atiga kuchli taassurot qoldirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ U sahnada shunday dedi: “Go‘zallik faqat tashqi ko‘rinish emas, balki boshqalarga umid va kuch berishdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Men ushbu unvon orqali ilhom manbai bo‘lishni istayman.”⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Opal 2003-yilda Tailandning Pxuket shahrida tug‘ilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ U tay, ingliz va xitoy tillarini yaxshi biladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozirda Bangkokdagi Tammasat universitetida siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil olmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

U 16 yoshida ko‘krak sohasidagi o‘simta tufayli operatsiya qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu voqea uning hayotini tubdan o‘zgartirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan so‘ng, u “OpalForHer” nomli ijtimoiy loyihani boshlab, ko‘krak bezi saratoni haqida ayollar o‘rtasida xabardorlikni oshirishga harakat qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu tashabbusi tanlovda yuqori baholandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Tantanani 2016-yilgi “Dunyo go‘zali” Kristefani Del Val (Puerto-Riko) va hind boshlovchisi Sachin Kumbar olib bordi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Hindiston vakilasi Nandini Gupta esa kuchli 20 talik ro‘yxatiga kirishga muvaffaq bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Opalning g‘alabasi nafaqat Tailandda, balki butun Janubi-Sharqiy Osiyoda katta quvonch bilan kutib olindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠