Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 846.57 +37.38 EUR 13 240.91 +34.69 RUB 138.95 +0.80

«Ovoz» loyihasida Sherali Jo’rayev asarini ijro etgan ishtirokchi mualliflik huquqini buzganligi uchun ogohlantirildi

19ac85fffdba2b5d70f0e235594f781c l

O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati marhum Sherali Jo‘rayev muallifligidagi “Qora ko‘zli sanamjon” asarining huquq egasi yoki vakolatli shaxslar ruxsatisiz ijro etilgani yuzasidan murojaatni ko‘rib chiqdi.

Vazirlik tekshiruviga ko‘ra, mazkur asar “TALENT SHOW” MChJning “Ovoz” loyihasida, 50+ yoshlilar o‘rtasidagi tanlovda ishtirok etgan Suvon Baxronov tomonidan kuylanib, YouTube ijtimoiy tarmog‘idagi “The Voice of Uzbekistan” kanalida e’lon qilingan.

 

Aniqlanishicha, ijro huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxslarning ruxsatisiz amalga oshirilgan. Biroq tekshiruv o‘tkazilgunga qadar huquqbuzarlik bartaraf etilib, mazkur video barcha rasmiy platformalardan oʻchirilgani bois, loyiha tashkilotchilari kelgusida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishlari haqida ogohlantirilgan.