Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 825.40 −5.47 EUR 13 483.32 +32.80 RUB 140.34 +1.07

1-apreldan bir qator toʻlov va savdolar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi

Naqdsiz savdo

27-mart kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida 1-apreldan boshlab joriy etiladigan yangi naqdsiz toʻlov tartibi tushuntirildi.

Matbuot anjumanida qatnashgan Kun.uz sayti jurnalistining xabar berishicha, yangi tartibga koʻra kommunal toʻlovlar, davlat xizmatlari, alkogol va tamaki mahsulotlari uchun hisob-kitoblar, shuningdek koʻchmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga 10-yildan oshmagan avtotransport vositalari oldi-sotdisi faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.

Rasmiylar ushbu qarorning asosiy maqsadi iqtisodiyotni shaffof qilish va toʻlov jarayonlarini soddalashtirish ekanini maʻlum qildi.

Shu maqsadda banklar tomonidan “lahzalik kartalar” amaliyoti joriy etilmoqda. Masalan, yoqilgʻi quyish shoxobchasiga kelgan, lekin yonida bank kartasi boʻlmagan mijozga joyning oʻzida karta rasmiylashtirib berilishi mumkin.