Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 821.18 +14.21 EUR 13 419.40 −11.03 RUB 140.44 +0.58

Endi ayrim elektr samokatlar va motorli velosipedlar uchun ham haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi

samokat

Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi faqat moped va skuterlar emas, balki “kichik hajmdagi mototransport vositalari”ni boshqarish uchun ham haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.

 

Hukumat qarori bilan qoidalarga kiritilgan qo‘shimchaga asosan, eng yuqori tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm³ gacha bo‘lgan ichki yonuv dvigateliga ega yoki nominal quvvati 0,25 kilovattgacha bo‘lgan transport vositalari “kichik hajmdagi mototransport vositalari” sifatida belgilandi.

 

Mazkur oʻzgartish bilan A1 toifasiga oid norma ham kengaytirildi. Endi moped va skuterlar qatorida shu toifaga kiruvchi kichik hajmdagi mototransport vositalarini boshqarish uchun ham haydovchilik huquqi talab qilinadi.

 

Bu nima degani?

 

Oddiy qilib aytganda, bu o‘zgartirish tezligi past va quvvati kichik bo‘lgan ayrim yengil transport vositalariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Jumladan, ayrim elektr samokatlar, kichik skuterlar, motorli velosipedlar va ularga o‘xshash vositalar shu toifaga tushishi ehtimoldan xoli emas.

 

Shu bois endi kundalik hayotda foydalanilayotgan ayrim mini-transport vositalari oddiygina yengil harakatlanish vositasi sifatida emas, balki yo‘l harakati qoidalari doirasida tartibga solinadigan transport vositasi sifatida ko‘riladi.

 

Avvalroq, o‘tgan yil oktyabr oyida moped va skuter haydovchilari uchun alohida toifadagi haydovchilik guvohnomasi joriy etilgan edi.