Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

Yagona namunadagi elektron guvohnoma namunasi tasdiqlandi

Yagona namunadagi elektron guvohnoma namunasi tasdiqlandi

«Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 31 maydagi 408-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Hukumat qarori (642-son, 15.10.2025-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, o‘quv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha taʼlimni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga o‘quv tashkiloti tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan taʼlimni bitirganlik haqida yagona namunadagi elektron guvohnoma shakllantiriladi.

✳️ Yagona namunadagi elektron guvohnomalar o‘quv tashkilotlari tomonidan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha taʼlimni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning maʼlumotlari asosida DYHXX Yagona axborot tizimining “e-avtota‘lim. uz” moduli orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.

🔗 Yagona namunadagi elektron guvohnoma avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga “e-avtota‘lim. uz” moduli orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda taqdim etiladi.

✅ Yagona namunadagi elektron guvohnomalar uchun yig‘im undirilmaydi.

 

Shuningdek o‘qing:
— Endi ayrim elektr samokatlar va motorli velosipedlar uchun ham haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi
— Toshkentda 11 yoshli qiz elektr tokidan halok bo‘ldi
— Gaz va elektr uchun yil davomida kompensatsiya beriladi