Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 12 012.30 −32.42 EUR 13 466.99 −58.03 RUB 145.33 −0.13

O‘zbekistonda sovuq antisiklon sabab yaqin kunlarda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda

Jqz8qD 7FqON ZCq bJOKcgAhZaQSr9W

Bugundan boshlab mamlakatimiz hududiga sovuq antisiklon kirib kela boshlaydi. Shu munosabat bilan atmosfera havosi sifati yomonlashishi kutilmoqda. Havo aylanishining sustligi va harorat inversiyasi shakllanishi ehtimoli tufayli ifloslantiruvchi moddalar atmosferaning yerga yaqin qatlamida to‘planib boradi. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lum qildi.

 

Ayni paytda hududda harorat inversiyasining shakllanishiga olib keluvchi meteorologik sharoitlar kuzatilmoqda. Bu kechasi +5…+7°C va kunduzi +16…+18°C bo‘lgan keskin harorat farqi bilan bog‘liq. Toshkent shahri nam va nisbatan salqin havo massasi ta’sirida qolmoqda. Ertalabki soatlarda tuman, yuqori namlik va deyarli shamolsiz ob-havo kuzatilib, bu havo almashinuvining juda sekin kechishiga sabab bo‘ladi. Natijada chiqindilar shahar hududida saqlanib qoladi.

 

Atmosferada shaharga xos bo‘lgan odatiy ifloslantiruvchi moddalar to‘planadi. Ularning asosiy manbalari avtotransport, isitish tizimlari, yoqilg‘ini yoqish hamda sanoat chiqindilaridir. Bunday sharoitda ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi sust kechadi va havoda chang hamda mayda dispersli zarrachalar konsentratsiyasining ortishi kuzatilishi mumkin.

 

Bunday vaziyat yaqin uch kun davomida saqlanib turishi mumkin. 10-martga kelib sovuq antisiklon mamlakatimiz hududini to‘liq qamrab oladi. Havo harorati barqarorlashishi, shamol tezligining oshishi hamda yog‘ingarchilik kuzatilishi natijasida atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar tarqalishi kutilmoqda.