Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Isteʼmolga yaroqsiz mahsulotni qaytarish mumkinmi?

rkomsstsrd

Qonunchilikka koʻra, isteʼmolchi tovarda nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga 7 kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganida esa, isteʼmolchi talab qoʻygan paytdan eʼtiboran 20 kun ichida almashtirib berishi shart.

 

Agarda ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar boʻlmagan taqdirda, isteʼmolchining almashtirib berish xususidagi talabi daʼvo qilingan paytdan eʼtiboran 1 oy ichida qondirilishi kerak.

 

Choʻl va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda isteʼmolchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin 2 oydan kechiktirmay qondirilishi lozim.

 

Ana shu muddatlarning oʻtkazib yuborilgan har bir kuni uchun sotuvchi isteʼmolchiga almashtirilgan tovarni berish bilan bir vaqtda tovar bahosining 1 foizi miqdorida neustoyka (penya) toʻlaydi.

 

Isteʼmolchining roziligi bilan sotuvchi nuqsonli tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib berib, xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilishi shart.