Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Buyuk Britaniya internetda fastfud reklamasini butunlay taqiqladi

Buyuk Britaniyada fastfud va zararli taomlar reklamasiga cheklovlar kuchga kirdi. 5-yanvardan boshlab Britaniya televideniyesida fastfud reklamasiga faqat 21:00 dan keyin ruxsat beriladi, internetda esa butunlay taqiqlanadi. Chora bolalarni sogʻliq uchun zararli ovqatlanish targʻibotidan himoya qilishga qaratilgan.

 

Cheklovlar tarkibida shakar, yogʻ va tuz miqdori yuqori boʻlgan 13 toifadagi mahsulotlarga taalluqli. Xususan, qoʻshimcha shakar qoʻshilgan ichimliklar (jumladan, yogurtlar), chipslar, tuzli krekerlar va pechenyelar, makkajoʻxori yormalari va boshqa shakarli «tayyor« nonushtalar, popkorn, shokolad, saqich, muzqaymoq, shakarli pishiriqlar, pissa va muzlatilgan taomlar shular qatoriga kiradi.

 

Qayd etilishicha, maktabning birinchi sinfiga oʻtgan bolalarning 22 foizi ortiqcha vaznga ega, bitiruvchilar orasida esa bu koʻrsatkich 35 foizdan oshadi. Koʻpincha 5 yoshdan 9 yoshgacha boʻlgan bolalar notoʻgʻri ovqatlanish tufayli stomatologik muammolar tufayli kasalxonalarga yotqiziladi.