Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

Endi ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi

Endi ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi

Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

 

Unga ko’ra, 1-fevraldan boshlab:

 

—umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq yuk avtomobillari, konlar, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus transportlar, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar, shuningdek, “antikvar” avtomototransportlar uchun alohida seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi;

 

—ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transportlardan foydalanish, ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat ro‘yxatidan chiqariladi.

 

Avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi.

 

Avtomototransportni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olish yo‘lga qo‘yiladi:

 

▪️ avtomototransport oldi-sotdi shartnomasi;

 

▪️ “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari;

 

▪️ davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransportlarga beriladigan elektron hisob-ma’lumotlar;

 

▪️ avtomototransport vositasi mulkdorining ma’lumotlari.

 

Shuningdek o‘qing:
— O‘zbekistonda Volksvagen avtomobilllari ishlab chiqariladi
— Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish tsexi fosh qilindi: 10 mlrd so‘mlik dorilar musodara qilindi
— Abdusattorov va Sindarov 2025-yilda xalqaro turnirlarda $700 mingdan ortiq mukofot puli ishlab topdi