Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 830.87 +16.82 EUR 13 450.52 −31.67 RUB 139.27 −0.66

Abdusattorov va Sindarov 2025-yilda xalqaro turnirlarda $700 mingdan ortiq mukofot puli ishlab topdi

photo 2026 02 09 14 44 41

2025-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston shaxmatchilari xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar qayd etib, katta miqdordagi mukofot pullarini qoʻlga kiritdi. Abdusattorov va Sindarov yil davomida eng koʻp daromad topgan shaxmatchilar reytingida dunyoning TOP oʻntaligidan joy oldi (bu borada 9- va 10-oʻrinlarni egallashdi).
Nodirbek Abdusattorov yil davomida 16 ta nufuzli turnirda ishtirok etib, jami 361 811 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab topdi. Uning bir turnirdagi eng yuqori individual mukofoti 85 000 dollarni tashkil etdi.

Javohir Sindarov 11 ta xalqaro musobaqada qatnashib, 349 955 AQSH dollari miqdorida daromad qayd etdi. Uning eng yirik yutugʻi FIDE World Cup musobaqasidagi gʻalaba boʻlib, mazkur turnir uchun 120 000 dollar mukofot puli berilgan.
Hisob-kitoblarga koʻra, ikki grossmeysterning 2025-yildagi umumiy mukofot pullari 711 766 AQSH dollarini tashkil etgan.
Maʼlumot uchun, ushbu summalar faqat xalqaro turnirlardagi rasmiy mukofot pullarini oʻz ichiga oladi. Unga homiylik shartnomalari, reklama va tijoriy hamkorlik daromadlari, davlat mukofotlari va bir martalik bonuslar, stipendiyalar hamda grantlar, klub yoki terma jamoa maoshlari kiritilmagan.