Asosiy matnga o'tish
20-Noyabr, Juma
Ta’lim 1 daqiqa o'qish

Turkiyalik 71 yoshli ayol universitetni bitirdi

Turkiyalik 71 yoshli ayol universitetni bitirdi

71 yoshli Selma Shahin Kutahyo Dumlupinar universitetining Go‘zallik sanʼati kasb-hunar kollejida grafik dizayn bo‘yicha ikki yillik o‘qishni muvaffaqiyatli tugatdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yoshligida otasining moddiy imkoniyatlari sababli o‘qishni to‘xtatgan Shahin xonim oradan yillar o‘tib orzusiga qaytdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U avval maktab va litseyni sirtqi shaklda tugatdi, keyin esa oliy taʼlim imtihonidan yetarli ball to‘plab, kollejga o‘qishga kirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Uning aytishicha, rasm va sanʼatga bo‘lgan qiziqish uni grafik dizayn yo‘nalishini tanlashga undagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Bu men uchun katta orzu edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yoshim katta bo‘lishiga qaramay, o‘qishdan voz kechmadim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Atrofimdagilar ‘Bu yoshda nima qilasan o‘qib deyishdi, lekin men eshitmadim,” — dedi Selma Shahin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘qish davomida u kompyuter dasturlari bo‘yicha ko‘mak olganini, grafik dasturlarni o‘rganganini, yosh kursdoshlaridan iliq munosabat va yordam ko‘rganini aytdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“O‘quvchilar bilan yaxshi chiqishdik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Har kuni o‘qishga borishni intiqlik bilan kutardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Meni hech kim chetda qoldirmadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular menga ayniqsa kompyuterda juda ko‘p yordam berishdi.”⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kollej o‘qituvchisi Mehtap Ochako‘g‘lining aytishicha, onaxon bilim olishga juda ishtiyoqmand bo‘lgan va yosh talabalar ichida kamyob bo‘lgan qat’iyatni ko‘rsatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Universitet rektori, professor Suleyman Qiziltoproq esa unga «faxriy yorliq» topshirib, bilim olishda yosh to‘siq emasligini ta’kidladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sinfdoshlari ham Selma Shahinga iliq munosabat bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Talabalardan biri Bulent Ibrohim Qorayev:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Selma opa bilim olishning yoshi yo‘qligini isbotladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biz undan ham o‘rnak oldik,” — deydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Rushana Ziyadullayeva
Muallif
Jurnalist, kopirayter va PR mutaxassisi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini “Axborot xizmati xodimi, jurnalist” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Faoliyatini 2020-yilda universitetning axborot-resurs markazida boshlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Keyin “Nuroniy” gazetasida muxbir bo‘lib ishlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasida mutaxassis, “Maktabda biologiya” jurnalida mas’ul muharrir lavozimlarida ishlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yoshlar ishlari agentligida ham faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2023-yildan “University of Business and Science” universitetida matbuot kotibi va katta kopirayter.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozir “Sakura books” nashriyotining bosh muharriri.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ FasTracKids bolalar akademiyasi uchun ham kontent tayyorlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Reklama va imij roliklari ssenariylari, ijtimoiy tarmoq kontenti, press-relizlar va PR materiallari yozadi.

Mavzuga oid

Ta’lim