Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi, 22 yoshli Raul Asensio voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq jinoyat ishida ayblanib, 4 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Ayblovlarga ko‘ra, Asensio 16 yoshli qiz ishtirokidagi intim videoni uning roziligisiz tarqatgan. Qiz bunga rozilik bermaganini bildirgan va bu holatdan futbolchining xabardor bo‘lgani ta’kidlangan. Asensio esa aybsizligini e’tirof etmoqda.
Mazkur ish doirasida yana uch nafar futbol bilan bog‘liq shaxs ham tergov ostida. Har biriga 4 yil-u 10 oyga qadar qamoq jazosi so‘ralmoqda.
Bundan tashqari, Asensioga nisbatan 58 ming yevro miqdorida moddiy va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya da’vosi kiritilgan. Shuningdek, allaqachon voyaga yetgan yana bir ayol o‘zini jabrlanuvchi deb hisoblab, sudga da’vo bilan murojaat qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, Raul Asensio 2017-yildan buyon “Real Madrid” tizimida faoliyat yuritmoqda. U “Las-Palmas”dan “Real Madrid Kastilya” jamoasiga o‘tgan va o‘tgan mavsumda “Real”ning asosiy markaziy himoyachilaridan biri bo‘ldi.