Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Dunyodagi eng iqtidorli 60 nafar yosh futbolchilar ro’yxati ma’lum qilindi

photo 2025 09 25 22 13 04

Buyuk Britaniyaning “The Guardian” nashri jahon futbolidagi eng iqtidorli 60 nafar yosh futbolchi nomini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Sadriddin Hasanov ham o‘rin olgan.

 

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi aprel oyida o‘tkazilgan U-17 Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda tanaffusga 0:0 hisobi bilan yo‘l oldi. Biroq jamoa ikkita qizil kartochka tufayli to‘qqiz kishi bo‘lib qolgan edi. Shu payt katta sahnaga Xasanov chiqdi. U jamoani ilhomlantira oldi, ajoyib solo yurish orqali gol urgan holda 2:0 hisobidagi g‘alabani ta’minladi. Turnir davomida to‘rtta gol urgan Hasanov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

 

Chap qanotdan ichkariga yorib kirishni yoqtiradigan, tez, kuchli va gol sezgisi yuqori bo‘lgan Xasanovda g‘oliblik ruhiyati ham bor. Hasanov Osiyoda “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” bo‘lishga da’vogar, deyiladi maqolada.

 

Eslatib o‘tamiz, ushbu ro‘yxatdan 2019-yilda Jasurbek Jaloliddinov, 2024-yilda Azizbek To‘lqinbekov ham o‘rin olgan edi.