Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

OFK O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini 340 ming dollar jarimaga tortdi

OFK O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini 340 ming dollar jarimaga tortdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini jarimaga tortdi. OFK rasmiy saytida xabar berilishicha, tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini ikkita holat bo‘yicha jami 340 ming dollar miqdorida jarimaga tortish to‘g‘risida qaror chiqargan.

 

Bunga 10 iyun kuni JCh-2026 saralashi doirasida Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida O‘zbekiston va Qatar uchrashuvida bir qator qoidalar buzilgani sabab sifatida keltirilgan. Xususan, o‘yindan keyin O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFKning ruxsatisiz yopilish marosimini tashkil qilgan.

Marosimda futbolchilarni mukofotlash uchun ajratilgan BYD avtomobillari maydonga olib chiqilgandi. Bu bilan O‘FA marketing huquqlarini himoya qilishda OFK va uning tijorat hamkorlarini qo‘llab-quvvatlamagan va «ambush-marketing» holatlarining oldini olmagan deb topilgan.

 

Shuningdek, O‘FA OFKga rasmiy tadbirlar, jumladan, matbuot anjumanlari va intervyular o‘tkazishda ham zarur yordam ko‘rsatmagani uchun jazolangan.

 

Qayd etilishicha, OFK mezbonlardan stadion hududida, maydon ichida va atrofida o‘z homiylari brendlaridan boshqa brendlar bo‘lmasligini qat’iy talab qiladi. Chunki, OFK JCh saralash o‘yinlari uchun har bir mezbon jamoaga pul to‘laydi.

 

Bundan tashqari, OFK 22–28 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan «Mirabror Usmonov xotirasi kubogi-2025» xalqaro turnirini tashkil etishda qoidabuzarlik holatini qayd etgan. Assotsiatsiya musobaqani avtorizatsiya qilish uchun kech so‘rov yuborgan, bu takroriy davrda yettinchi qoidabuzarlik bo‘lgan.

 

Ushbu epizod bo‘yicha OFK futbol assotsiatsiyasini 1500 dollar jarimaga tortdi.

 

Shuningdek o‘qing:
— Dunyodagi eng iqtidorli 60 nafar yosh futbolchilar ro’yxati ma’lum qilindi
— «Abduqodir Husanov klub so‘nggi yillarda sotib olgan eng yaxshi futbolchi ekanini tez orada tushunib yetasiz» — Pep Gvardiola
— Futbol muhlisi bir jamoa liboslaridan kolleksiya yig’ib, gennis rekordlariga kirdi