Asosiy matnga o'tish
20-Noyabr, Juma
Jahon 1 daqiqa o'qish

Floridalik ayol «jin chiqaraman» deb 6 yoshli o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ydi

Floridalik ayol "jin chiqaraman" deb 6 yoshli o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ydi

AQShning Florida shtatida yashovchi 41 yoshli Ronda Polinis o‘zining 6 yoshli o‘g‘li Romil Pyerni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ayol tergovchilarga aytishicha, u o‘g‘lidan «jinlarni haydash» uchun maxsus diniy marosim – eksorsizm o‘tkazgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Politsiya 30-may kuni bolaning maktabga ikki haftadan beri kelmayotgani haqida xabar olgach, ayolning uyiga bordi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular bolaning jasadini yotoqxonadagi karavotdan topishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tergovchilar taxminicha, bola 18-may kuni vafot etgan bo‘lishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Polinis tergovda Xudo unga bola ichidagi jinlarni chiqarishni buyurganini, bola harakatsiz yotganini ko‘rib uni «jinlardan tozalandi» deb o‘ylaganini va yana tiriladi deb kutganini aytdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ayolga nisbatan qotillik, bolaning o‘limi haqida xabar bermaslik va jasadni o‘zgartirish kabi og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U hozirda 150 ming dollar garov bilan qamoqda saqlanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Marhum bola — Romil Pyer — Samuel Geyns nomli maktabda o‘qigan va uni o‘qituvchilar juda mehribon, quvnoq bola sifatida eslashmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning o‘limi butun mahalliy jamiyatda chuqur qayg‘uga sabab bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirda sud-tibbiy ekspertizasi bolaning aynan qanday o‘ldirilganini aniqlamoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tergov ishlari davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jahon