Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Texnologiya 1 daqiqa o'qish

Olimlar qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirdi

Olimlar qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirdi

Yevropaning yadro tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi eng yirik ilmiy markazi — Yevropa yadro tadqiqot markazi (CERN) mutaxassislari 2025-yil may oyida tarixiy ilmiy tajribani amalga oshirishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ular qo‘rg‘oshin yadrosini oltinga aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bu tajriba Shveysariya va Fransiya chegarasida joylashgan Katta Adron Kollayderi laboratoriyasida olib borildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Olimlar uzoq vaqt davomida nazariy jihatdan mavjud deb hisoblangan, ammo tajribada tasdiqlanmagan jarayonni amalda isbotlashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tajriba davomida olimlar qo‘rg‘oshin-208 deb nomlanuvchi og‘ir atom yadrolarini yorug‘lik tezligiga juda yaqin tezlikda harakatlantirib, ularni bir-biriga urmasdan juda yaqin masofada o‘tkazishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu yaqinlik natijasida hosil bo‘lgan kuchli elektromagnit maydonlar qo‘rg‘oshin yadrosidan uchta protonning ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Natijada, 82 protonli qo‘rg‘oshin yadrosi 79 protonli oltin yadrosiga aylandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bunday hodisa “elektromagnit dissosiasiya” deb ataladi va fizikada juda kam uchraydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tajriba davomida jami 86 milliardga yaqin oltin yadrosi hosil bo‘lgani qayd etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Biroq bu yadrolarning umumiy massasi 29 pikogramm (ya’ni, 0.000000000029 gramm) bo‘lib, ular mikrosekund ichida parchalanib ketgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Demak, bu jarayon orqali sanoat miqyosida foyda olish imkonsiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ammo ilmiy jihatdan bu — katta yutuq.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ushbu tajriba moddaning ichki tuzilishini chuqurroq o‘rganishga, yadro fizikasi, zarracha fizikasi, tibbiyot va kosmik texnologiyalar uchun yangi bilimlar yaratishga xizmat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Asrlar davomida alkimyogarlar qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirishni orzu qilishgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Endi esa bu orzu ilm-fan vositasida qisqa muddatga bo‘lsa-da, amalga oshdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Texnologiya