Xitoy va AQSh olimlari Mars sayyorasining qattiq ichki yadrosi borligini birinchi marta tasdiqlashdi, deb xabar berdi Global Times.
«Qizil sayyora» yadrosi radiusi taxminan 600 kilometrga teng.

Mars zilzilalari tahlili yadro orqali orqali o‘tuvchi seysmik to‘lqinlarni aniqlash imkonini berdi. Ularning tezligidagi farq ko‘rsatishicha, to‘rtinchi sayyora tashqi suyuq qobiq va ichki qattiq qism (yadro)dan tashkil topgan.
Olimlar buni qanday aniqladi?
Mars ichki tuzilishi haqidagi asosiy ma’lumotlar NASA’ning InSight qo‘nuvchi apparatidan olingan. Apparat 2018-yildan 2022-yilgacha Mars yuzasida ishlab, minglab «marsotrasa»larni qayd etgan. Seysmik to‘lqinlar sayyora qatlamlaridan o‘tayotganda tezligi va yo‘nalishi o‘zgaradi, shu o‘zgarishlar orqali olimlar ichki qatlamlarning tarkibi va holatini aniqlaydi.
Bu kashfiyot nima beradi?
Avvalgi tadqiqotlar Mars yadrosini asosan suyuq deb ko‘rsatgan edi. Qattiq ichki yadro borligi sayyoraning qanday sovigani va nega bir vaqtlar mavjud bo‘lgan global magnit maydonini yo‘qotganini tushunishga yordam beradi. Magnit maydonning yo‘qolishi esa Marsning atmosferasi va suvini qanday yo‘qotganini izohlashda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek o‘qing:
— Apple taqdimoti bo’lib o’tdi — yangi qurilmalar nimasi bilan hayratlanarli?
— Mask Apple va OpenAI ni sudga berdi
— ChatGPT foydalanuvchilardan pasport ma’lumotlarini so‘rashi mumkin
