Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 941.65 −81.81 EUR 13 383.01 −78.46 RUB 147.65 −1.79

Buxoroda bitiruvchilarning 50 foizini texnikumlarga jalb qilish vazifasi qo‘yildi

photo 2026 11 04 10 47 55

Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish hamda o‘nta oliy ta’lim muassasasida dual ta’lim qamrovini ikki baravar oshirish rejalashtirilmoqda. Bu vazifalar Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda belgilandi.

 

Prezidentning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’lim va tibbiyot sohalaridagi vazifalar ham ko‘rib chiqildi.

 

Texnikumlar tadbirkorlar va investorlar bilan bog‘lanadi

 

Tadbirkorlarga yer ajratish orqali xususiy bog‘cha va maktablarni ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish zarurligi qayd etildi.

 

Texnikumlarni yirik tadbirkorlar va investorlar bilan bog‘lash, ularda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

 

Dual ta’lim nima? Bu o‘qishni ish joyidagi amaliy tayyorgarlik bilan uyg‘unlashtiradigan ta’lim shaklidir.

 

Viloyatdagi o‘nta davlat va xususiy oliy ta’lim muassasasida dual ta’lim qamrovini ikki baravar oshirish rejalashtirilgan.

 

29 ta tibbiyot muassasasi yangilangan, xizmat sifati bo‘yicha vazifalar belgilandi

 

Yig‘ilishda joriy yilda viloyatda 29 ta shifoxona va poliklinikani yangilash ishlari amalga oshirilgani ma’lum qilindi. Shu bilan birga, tibbiy xizmat sifati, ayniqsa, birlamchi bo‘g‘in faoliyatida hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar borligi qayd etildi.

 

Mutasaddilarga birlamchi tibbiy xizmatni yaxshilash, sohaga investitsiya jalb etish hamda xorijda tajriba orttirgan vatandoshlar imkoniyatidan foydalanish topshirildi.

 

Olot tumani hokimi orden bilan mukofotlanadi

 

Davlat rahbari Olot tumani hokimi Nargiza Nematovaning hududni kompleks rivojlantirishdagi tashabbuskorligini e’tirof etdi.

 

Uning davlat va boshqaruv idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlashga qaror qilinganini e’lon qildi.

 

Yig‘ilishda muhokama qilingan vazifalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari hamda kelgusi yilga rejalari tinglandi.