Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 994.10 +6.94 EUR 13 420.20 +26.95 RUB 145.79 −0.50

TKTI rektori Botir Usmonov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ketdi

TKTI rektori Botir Usmonov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ketdi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI) rektori Botir Usmonov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda institut matbuot kotibi Egamnazar Abdulboqiyev shaxsiy Telegram kanalida ma’lum qildi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda institut faoliyatiga oid qator tanqidiy ma’lumotlar tarqalgan edi.

Xususan, tarqalgan xabarlarda TKTI bo‘yicha quyidagi holatlar qayd etilgan:

  • 32 ta fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlari 20 yildan beri yangilanmagani, 2026-yilda kitob xaridiga 59 mln so‘m sarflangani;
  • Xorijiy safarlarga 1,2 mlrd so‘m ishlatilgani, shundan 340 mln so‘mi rektorning ikki yil davomidagi 15 ta xizmat safariga (62 kun) to‘g‘ri kelgani;
  • 429 nafar talabaning bahosi o‘zgartirilgani, jumladan, 112 nafar talabaning qoniqarsiz bahosi ijobiyga almashtirilgani;
  • 1,2 mingdan ortiq davlat granti o‘rni bo‘sh qolgani aytilgan.

Mazkur ma’lumotlarning barchasi rasmiy tekshiruv natijalari bilan tasdiqlangani haqida hozircha ochiq axborot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 6-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘shanda ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov ushbu xabarlarni rad etib, yig‘ilishda rektorlar ishdan olinmagani, to‘rt nafar rektor qattiq ogohlantirilganini ma’lum qilgan. Shuningdek, vazirlikda maxsus ishchi guruh tuzilgani bildirilgan.