Oʻzbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan 18–30 yoshdagi mahkumlarni zamonaviy raqamli kasblarga oʻqitish boʻyicha yangi tizim joriy etiladi. Bu Prezidentning 2026-yil 27-martdagi PQ–117-son qarori bilan belgilandi.
Qarorga koʻra, mazkur tizimning asosiy maqsadi jazoni oʻtayotgan yoshlarning sifatli bilim olishini taʼminlash, ularni zamonaviy raqamli kasblarga oʻrgatish, xorijiy tillarni oʻqitish, mehnat koʻnikmalarini shakllantirish hamda ozodlikka chiqqandan keyin jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiya qilishdan iborat.
Yoshlarni kasbga yo’naltirishning ahamiyati
Hujjatda qayd etilishicha, bu yoʻnalishdagi ishlar “Ikkinchi imkon” ijtimoiy reabilitatsiya milliy loyihasi doirasida yoʻlga qoʻyiladi. Dastlabki bosqichda loyiha 2026-yil 1-iyundan boshlab Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida amalga oshiriladi. 2027-yil 1-martdan esa respublikaning boshqa hududlaridagi jazoni ijro etish muassasalarida ham zamonaviy raqamli kasblarga oʻqitish tizimi joriy qilinadi.
Jazoni o‘tayotgan yoshlarni ta’lim, kasb va jamiyatga moslashuv orqali qo‘llab-quvvatlash
Tizim yoshlarning sifatli bilim olishini ta’minlash, zamonaviy raqamli kasblarni egallashi,
xorijiy tillarni o‘rganishi, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishi va ozodlikdan keyin
jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiya bo‘lishiga xizmat qiladi.
“Ikkinchi imkon” loyihasi qaysi hududlarda joriy etiladi?
Oʻquv kurslari 8–12 oylik intensiv dasturlar asosida tashkil etiladi. Kurslarga ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyatlarni sodir etgan yoshlar jalb qilinadi. Shu bilan birga, ularga ingliz, rus, xitoy va boshqa xorijiy tillar ham yagona intensiv dasturlar asosida oʻqitiladi. Kurs yakunida tegishli dasturlarni oʻzlashtirganlarga elektron shakldagi sertifikat beriladi.
Qarorda loyiha doirasida oʻquv xonalarini kompyuter jihozlari, elektron doskalar, mebel va boshqa uskunalar bilan taʼminlash, shuningdek, oʻquv dasturlari uchun zarur adabiyotlar bilan boyitish ishlari ham nazarda tutilgan. Internet bilan bogʻliq xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
8–12 oylik intensiv kurslar va zamonaviy o‘quv muhitini yaratish
Loyiha doirasida yoshlar zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga intensiv dasturlar asosida o‘qitiladi,
kurs yakunida esa ularga elektron sertifikat beriladi.
Asosiy ta’lim tarkibi
- Zamonaviy kasb va ko‘nikmalar
- Ingliz tili
- Rus tili
- Xitoy tili
- Boshqa xorijiy tillar
Yakuniy natija
O‘quv xonalari qanday jihozlanadi?
Internet xarajatlari qanday qoplanadi?
Internet bilan bog‘liq xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Bundan tashqari, sertifikat olgan iqtidorli yoshlarni jazoni ijro etish muassasasida va ozodlikka chiqqanidan keyin ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish choralari ham belgilanmoqda. Yolgʻiz yoshlarning ijtimoiy muammolari, jumladan uy-joyga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish va vaqtinchalik uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha ham takliflar ishlab chiqiladi.
