Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Havo tozalagich tanlaganda nimalarga eʼtibor berish va nimalarni tekshirib olish zarur?

Jarayon.uz 1

Tadbirkor Firuz Allayev havo tozalagich tanlashda nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida aytib o’tdi.

Tanlovda quyidagi 3 ta texnik jihatga eʼtibor qarating:

 

1. Filtr turi: Bu eng muhimi. HEPA H13 yoki H14 standartidagi filtr boʻlishi shart. Faqat shulargina bizdagi xavfli PM2.5-mayda chang zarralarini ushlab qola oladi. Oddiy filtrlar foydasiz.

 

2. Xona kvadrati: Qurilmaning quvvati tozalaydigan maydon hajmiga mos kelishi kerak. 20 kvadratga moʻljallangan kichik apparat 50 kvadratlik zalni tozalay olmaydi. CADR koʻrsatkichi qancha yuqori boʻlsa, havo shuncha tez almashadi. Hududni hisoblaganda haqiqatdan koʻp boʻladigan xonalarni hisobga olgan yaxshi. Aks holat, uy 40 m2 boʻlsa, qimmatga 70-80 m2ga xarid qilgandan mantiq yoʻq.

 

3. Filtr sotuvda mavjudligi: Uskuna arzon boʻlishi mumkin, lekin uning almashtiriladigan filtri qimmat yoki bozorda topilmas boʻlsa, bu muammo. Xariddan oldin sarflov materiallarini surishtiring. Yangi filtr kamida 1-2-yil xizmat qiladi, keyin filtr topilmasa katta muammo.

 

Xarid qilganda nimalarni tekshirib olish kerak:

 

1. Yoqqanda filtrni. Yangi tozalagich filtrni bir necha foizgina koʻrsatadi yoki filtr alishtirishni soʻrab turadi. Umumiy 20dan ortiq holatga duch keldik. Eng koʻp Xitoyning bir brendida bu muammo boʻldi.

 

2. PM 2.5 datchik ishlamaydi. Tozalagich oʻzi ishlab turadi, lekin PM 2.5 datchik xato raqam koʻrsatadi, bir turida havo faqat toza koʻrsatsa (ifloslanish 20dan hech oshmaydi), bir xilida 000 raqamlari turadi. Lekin, tozalagich havoni tozalaydi. Deyarli hamma brendda uchradi, umumiy 23ta brak, 9tasi bir yapon brendiga tegishli.

 

3. Raqamlar aks etadigan ekran yonmadi yoki uning bir qismida dogʻ bor.

 

3 ta holat, uchalasi ham premium brendda. Wi Fi orqali tekshirganda, tozalagich ishlamoqda.

 

4. Ayrim modellarda Wi Fi orqali boshqaruv imkoni bor. Bu qoʻshimcha qulaylik. Lekin, 2 ta holatda Wi Fi ni servis markazi ham ulay olmadi. Wi Fi orqali boshqaruv zarur boʻlsa, tekshirib oling.