Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

Surxondaryoda ona va 5 oylik chaqalog‘ini molxonada majburan saqlagan shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryoda ona va 5 oylik chaqalog‘ini molxonada majburan saqlagan shaxs qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Uzun tumanida ayol va uning chaqalogʻiga nisbatan zo‘ravonlik qilinganligi haqida tarqalgan xabar yuzasidan viloyat IIB tekshiruv o‘tkazdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 26-avgust kuni mahalla profilaktika inspektoriga ayolning antisanitariya sharoitida molxonada majburiy ushlab turilgani haqida xabar kelib tushgan. U uy egalari qarshiligiga qaramay molxona eshigini buzib kirgan va 1997- yilda tug‘ilgan X.G. hamda uning 5 oylik farzandi og‘ir sharoitda saqlanayotganini aniqlagan.

Tergovda xonadon egasi Sh.A. (1981 y.t.) onasi va qarindoshlari bilan birga ayolning ruhiy holatidan foydalanib, bir necha oy davomida unga tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazgani, molxonada yashirincha saqlab kelgani ma’lum bo‘ldi.

Jabrlanuvchi shifoxonaga, chaqaloq esa tug‘ruq bo‘limiga joylashtirildi. Ularning ahvoli ijtimoiy himoya idoralari nazoratiga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 126¹-moddasi 7-qismi bilan ish qo‘zg‘atilib, Sh.A. va unga aloqador uch nafar qarindoshi qamoqqa olingan.

 

Shuningdek o‘qing:
— Toshkentda fastfud sabab 10 oylik chaqaloqning ichagi kesib tashlandi
— Bir necha mansabdor shaxs korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi
— O‘zbekistonda ichki ishlar tizimiga noqonuniy ishga kiritmoqchi bo‘lgan ikki shaxs qo‘lga olindi