Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 846.57 +37.38 EUR 13 240.91 +34.69 RUB 138.95 +0.80

Bir necha mansabdor shaxs korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi

photo 2025 07 08 09 40 45

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari Taqiyatov tumanida faoliyat yuritayotgan, qizilmiya ildizlarini qayta ishlovchi kompaniya rahbaridan, Beruniy tumani hududidan 150 gektar yer ajratib berish evaziga 12,000$ olayotganida qo‘lga olindi.

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida, bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi rahbari, xo‘jalikka qarashli 24 gektar yer maydonini mansabdor tanishi orqali xaridor nomiga rasmiylashtirish evaziga 240,000$ talab qilib, oldindan 50,000$ olayotganida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida uning mansabdor tanishi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Kosonsoy tuman loyihalar ofisi bosh mutaxassisi ham yer maydonini rasmiylashtirish uchun 10,000$ olayotganida qo‘lga tushdi.

Andijon viloyatida, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, Andijon tumanidagi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi rahbaridan, 6 sotix yerda noqonuniy qurilgan bino va inshootlar bo‘yicha hisob-kitob qilinishi kerak bo‘lgan zararni kamaytirib xulosa berish evaziga 1,000$ olayotganida ushlangan.

Hozirda barcha gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va tergov davom etmoqda