Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Namanganda qalbaki dollar sotganlar qo‘lga olindi

Gulhayo Naimova 01.07.20251 daqiqa o'qiladi
41

Namangan viloyatida qalbaki AQSh dollarlarini sotmoqchi bo‘lgan bir nechta shaxs huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Rasmiylarga ko‘ra, “Kosonsoy tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi xodimi odamlarning ishonchiga kirib, o‘zida 20 ming AQSh dollari miqdorida qalbaki pul borligini aytgan va uni 14 ming dollarga sotishni taklif qilgan.

Tezkor tadbir davomida u xaridorga 8 ming dollarlik qalbaki valyutani berayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Tergov davomida aniqlanishicha, bu soxta pullarni u Kosonsoy tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan shaxsdan olgan. Undan yana 6 ming dollar qalbaki pul ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Keyinchalik, bu shaxs ham qalbaki pullarni yana bir fuqarodan — 1992 yilda tug‘ilgan kosonsoylikdan olganini aytgan. U ham ushlanib, protsessual tartibda javobgarlikka tortilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi (qalbaki valyutani tayyorlash yoki tarqatish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondorlar qamoqqa olingan. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *