Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Andijonda erkak 2 qizaloqni muzqaymoq olib berish bilan aldab olib qochdi

58986

Andijon viloyatining Andijon tumanida ikki nafar voyaga yetmagan qizchaga muzqaymoq olib berishni va’da qilib aldab, ularni yashash joyidan uzoqlashtirgan va tilla taqinchoqlarini olib qo‘ygan erkak shaxs 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Voqea joriy yilning 29-aprel kuni sodir bo‘lgan. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli erkak 5-6 yosh atrofidagi ikki qizchani velosipedda aylantirib kelib, ularga muzqaymoq olib berishini aytib, yashash joyidan 2-3 kilometr uzoqlikka olib borgan. U yerda u qizchalarni qulogʻida oʻrgimchak borligi bilan qoʻrqitib, har birida bo‘lgan bir juft tilla zirakni yechib olgan. Keyin esa ushbu ziraklarni umumiy 4 million so‘mdan ortiq pulga sotib yuborgan.

Sud tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha ish ko‘rilib, unga 5 yil qamoq jazosi tayinlandi.