Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

Hindistonda erkak ikki yoshli o‘g‘lini janjal paytida uy tomidan uloqtirib yubordi

IMG 20250816 151820 860

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Chitava qishlog‘ida 30 yoshli mahalliy fuqaro Lal Bahadur xotini bilan janjal vaqtida ikki yoshli o‘g‘lini ikki qavatli uy tomidan pastga uloqtirib yuborgan, deb xabar bermoqda The Times of India nashri.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa vaqtida bola ota-onasi yonida bo‘lgan. G‘azabdan oʻzini yoʻqotib qoʻygan ota farzandini ko‘tarib, tomdan tashlagan. Bolakay shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan.

Huquq-tartibot organlari voqea joyiga darhol yetib kelgan. Ota qo‘lga olingan, tergov davom etmoqda.