Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Uyida noqonuniy ov quroli saqlab kelgan shaxs aniqlandi

5328e603310afdd8d97c5497ebc2ef87

Shahrisabz tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsiz muhit yaratish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, noqonuniy ov quroli saqlab kelgan fuqaro aniqlanib, qurol olib qo‘yildi.

Tadbirda Bahriyev Alimardon ismli fuqaroning yashash manzilidan, otasidan meros bo‘lib qolgan va rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmagan 1 dona ov quroli topildi va protsessual tartibda olib qo‘yildi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.