Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Toshkentda o‘smirlar yashirin narkotik reklamasiga jalb qilindi

20929

Poytaxtning Yunusobod tumanida uch nafar voyaga yetmagan bola narkotik moddalarni yashirin reklama qiluvchi grafitini chizayotgan paytda qo‘lga olindi, deya xabar berdi shahar IIBB matbuot xizmati.

Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, o‘smirlar chizayotgan tasvirning mazmunidan bexabar bo‘lgan va noqonuniy ishda qatnashayotganini tushunmagan. Ularga internet orqali pul topish taklifi kelgan, topshiriq esa rasm chizishdan iborat bo‘lgan.

Voqea ortidan voyaga yetmaganlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Ota-onalar o‘z ayblarini tan olib, farzandlarining muloqoti va bo‘sh vaqtini qat’iyroq nazorat qilishga va’da berishgan.

Kattalarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (“Voyaga yetmaganlarni tarbiyalash majburiyatini bajarmaslik”) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.