Asosiy matnga o'tish
24-Noyabr, Seshanba
Jamiyat 1 daqiqa o'qish

Toshkent xalqaro aeroportida qiymati 550 million soʻmlik qimmatbaho buyumlar toʻxtatib qolindi

Toshkent xalqaro aeroportida qiymati 550 million soʻmlik qimmatbaho buyumlar toʻxtatib qolindi

Joriy yilning 7-avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari Bishkekdan kelgan O‘zbekiston fuqarosining kiyimiga yashirilgan qimmatbaho zargarlik buyumlarini aniqladi, deya xabar berdi bojxona xizmati.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yo‘lovchi bojxona nazorati vaqtida to‘xtatilib, ko‘rikdan o‘tkazilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijada og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, umumiy og‘irligi 412 gramm bo‘lgan sariq va oq metallardan tayyorlangan hamda olmos bilan bezatilgan zargarlik buyumlari topilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bojxona organlari ushbu buyumlarning qiymatini 550 million so‘mga baholadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Qimmatbaho buyumlar ashyoviy dalil sifatida saqlovga olingan, holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jamiyat