Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Oʻzbekiston Moʻgʻulistondan 100 ming bosh qoʻy va echki sotib oladi

i

13-avgust kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Ilzat Qosimov Moʻgʻuliston delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston tomoni Moʻgʻulistondan 100 ming bosh tirik qoʻy va echki olishga rozi boʻldi.

Dastlabki bosqichda 15 ming bosh qoʻy yetkazib beriladi.

Moʻgʻul qoʻy goʻshti isteʼmolchilar orasida talabgir ekani qayd etildi.

Kelgusida qayta ishlangan qoʻy goʻshti Oʻzbekistondagi yirik savdo tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri sotilishi mumkin.

Shuningdek, moʻgʻul goʻsht va jun mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari mamlakatimizda faoliyat yuritishga taklif etildi.