Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

“Cobalt” yutdingiz!” – firibgarlikning yangi usuli fosh boʻldi

Gulhayo Naimova 21.06.20251 daqiqa o'qiladi
118

Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumanida yashovchi 2004- va 2005-yillarda tugʻilgan ikki yigit “Telegram” messenjerida soxta “Shou” botini ishga tushirib, fuqarolarni yutuq vaʼdasi bilan chuv tushirdi. Bu haqda “Millar” dasturi orqali xabar berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Denov tumanida yashovchi bir fuqaroning telegram profiliga “Cobalt” avtomobilini yutib olgani haqida xabar yuborishgan. Soxta yutuqqa ishongan fuqaro 8 mln. 120 ming so‘mni ularning plastik kartasiga o‘tkazgan. Yigitlar umumiy hisobda 17 mln. 620 ming so‘m moddiy zarar yetkazgani aniqlangan.

Jabrlanuvchi keyinchalik firibgarlikka uchraganini anglab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Tez orada firibgarlar qo‘lga olindi.

Sud hukmiga ko‘ra, ularga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi asosida 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari tayinlandi. Shuningdek, ularning ish haqining 20 foizi davlat daromadiga ushlab qolinadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *