Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

“Muhtasham yuz yil” aktyori Ozan Gyuven — Rustam posho qamoq jazosiga hukm qilindi

IMG 20250620 193442 459

Mashhur turk seriali “Muhtasham yuz yil”da Rustam posha rolini ijro etgan aktyor Ozan Gyuven 2020-yilda sobiq sevgilisi Deniz Bulutsuzga nisbatan zo‘ravonlik qilganlik aybi bilan sudlangan va besh yil davom etgan tergov-surishtiruvlar yakunida aybdor deb topildi.

Turkiyaning Hurriyet nashriga ko‘ra, Bulutsuz Gyuvenni kaltaklaganlikda ayblab, sudga murojaat qilgan va tan jarohatlarini tasdiqlovchi suratlarni taqdim etgan. Gyuven esa ayblovni rad etib, sobiq sevgilisi unga birinchi bo‘lib hujum qilganini, tan jarohatlarini esa o‘zi yetkazganini da’vo qilgan. U hatto qarshi da’vo bilan chiqib, tuhmat va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya talab qilgan.

Biroq sud guvohlarning ko‘rsatmalari hamda psixologik ekspertiza xulosalari asosida aktyorni aybdor deb topdi. 50 yoshli Gyuven 2 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Bu holat “Muhtasham yuz yil” aktyorlari uchun ketma-ket sud ishlarining yana bir misoliga aylandi. Avvalroq serialda sulton Sulaymon rolini o‘ynagan Halit Ergench ham sudga jalb qilingan edi.