Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jamiyat
  • Istanbulda qidiruvdagi ayol qoʻlga olindi va Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi
Jamiyat

Istanbulda qidiruvdagi ayol qoʻlga olindi va Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Gulhayo Naimova 19.06.20251 daqiqa o'qiladi
142

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Turkiya Respublikasi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda yirik tezkor-qidiruv tadbiri oʻtkazildi. Ushbu hamkorlik natijasida Oʻzbekiston hududida jinoyat sodir etgan va qidiruvda boʻlgan shaxs qoʻlga olindi.

Jinoyatni fosh etishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbuldagi Bosh konsulxona birinchi kotibi — ichki ishlar boʻyicha aloqa xodimi oʻrtasidagi samarali hamkorlik muhim rol oʻynadi.

Maʼlumotlarga koʻra, 1981-yilda tugʻilgan I.U. ismli fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi (odam savdosi) boʻyicha Namangan viloyati IIB tomonidan qidiruvga berilgan. Olingan tezkor maʼlumotlarga koʻra, u Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida yashirinib yurgan.

Joriy yilning 17-iyun kuni ushbu ayol Turkiya hududida qoʻlga olinib, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *