Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

SpaceX raketasi Texasda sinov paytida portlab ketdi

SpaceX raketasi Texasda sinov paytida portlab ketdi

2025-yil 18-iyun kuni kechqurun Texas shtatidagi Starbase kosmodromida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchish sinovlariga tayyorgarlik vaqtida SpaceX kompaniyasining Starship kemasi jiddiy nosozlikka uchradi. Bu haqda kompaniya rasmiy bayonot berdi.

Hodisa chog‘ida jabrlanganlar haqida xabar berilmagan. SpaceX vakillarining bildirishicha, portlash yaqin atrofdagi aholi punktlari uchun hech qanday xavf tug‘dirmagan. Hozircha portlash sabablari noma’lumligicha qolmoqda.

The Verge nashrining yozishicha, portlash dvigatellarni tekshirish vaqtida yuz bergan. Nashr shuningdek, 2025-yilda Starship raketalari bilan amalga oshirilgan so‘nggi uchta uchirish ham muvaffaqiyatsiz yakunlanganini va portlashlar bilan tugaganini eslatib o‘tdi.

 

Starship nima?

 

Starship — SpaceX kompaniyasi ishlab chiqayotgan, to‘liq qayta foydalaniladigan qilib yaratilayotgan ikki bosqichli raketa tizimi. Super Heavy tezlatgichi va Starship kemasidan iborat tizim balandligi 120 metrga yaqin bo‘lib, hozirgacha qurilgan eng katta raketa hisoblanadi.

 

Loyiha nima uchun muhim?

 

NASA Starship’ning maxsus versiyasini Artemis dasturi doirasida astronavtlarni Oy yuzasiga tushiruvchi apparat sifatida tanlagan. SpaceX esa kelajakda tizimdan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish va Marsga parvozlar uchun foydalanishni rejalashtirmoqda. Sinovlar davomida yuz berayotgan nosozliklar kompaniya tanlagan «tez sinab, xatodan o‘rganish» yondashuvining bir qismi sifatida ko‘riladi.