25-may kuni kechqurun Namangan shahrida sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Soat 20:49 atrofida “Yangi asr” mahallasi hududidan o‘tgan 4R-112 yo‘lining 87-kilometrida Nexia-3 rusumli avtomobil daraxtga borib urildi. Haydovchi — 2006 yilda tug‘ilgan, “Alpomish” mahallasida yashagan yigit boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi archa daraxtiga borib urilgan. To‘qnashuv natijasida avtomobilda yonib chiqqan.
Soat 21:03 da voqea joyiga yong‘in-qutqaruv xizmati yetib kelgan. Yong‘in soat 21:05 da fuqarolar va qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida avtomobil to‘liq yonib ketgan, haydovchi esa voqea joyida halok bo‘lgan. Tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.