Asosiy matnga o'tish
22-Noyabr, Yakshanba
Pul va iqtisodiyot 1 daqiqa o'qish

Yangi avtomobillar narxi oshganligi sabablari izohlandi

Yangi avtomobillar narxi oshganligi sabablari izohlandi

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan pul-kredit siyosati doirasida ichki avtomobil bozori dinamikasi tahlil qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Hisobotda yangi va eski, kam va ko‘p foydalanilgan avtomobillar narxlari alohida o‘rganildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

2023-yil mart oyidan boshlab yangi avtomobillar narxi so‘m va dollarda sezilarli pasayish ko‘rsatdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq 2025-yildan boshlab narxlarning o‘sish tendensiyasi qayd etilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Xususan, 2025-yil mart oxirida yangi avtomobillar ikkilamchi bozordagi narxlar so‘mda 4,7%, dollarda esa 1,6%ga oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Markaziy bank bu holatni ichki bozorda yangi mashinalarga talab yuqoriligi hamda import hajmining sezilarli kamayishi bilan izohladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Eski avtomobillar narxlari esa farqli tendensiyani ko‘rsatmoqda: dollardagi narxlar 2023-yil sentyabrigacha, so‘mdagi narxlar esa 2024-yil o‘rtalarigacha yuqori bo‘lgan, ammo keyingi davrlarda har ikkala indeksda narxlar pasaymoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Markaziy bank fikricha, eski avtomobillarning narxining pasayishi bozorda yangi mashinalarga bo‘lgan talab oshgani, ya’ni aholi sifat, kafolat, yonilg‘i samaradorligi va yangi texnologiyalarga afzallik berayotganini ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, kredit va lizing imkoniyatlari asosan yangi avtomobillar uchun qo‘llanayotgani ham narxlar pasayishiga ta’sir qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Avtomobilning investitsion jozibadorligi pasayishi ham narxlar bo‘yicha kutilmalarni shakllantirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil birinchi choragida avtomobil importi keskin kamaygan: 6 794 ta yengil avtomobil olib kirilgan, bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,2 barobar kam.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Import qiymati esa 4,2 barobar pasayib, 115 million dollarni tashkil etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga ko‘ra, 2025-yil aprel oyida yengil avtomobillar savdosi 20%ga o‘sdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Birlamchi bozorda sotuvlar aprel oyida 15% oshib, 26 ming dona avtomobilni tashkil etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar sotuvi ham 20,5 mingga yetib, o‘tgan oyga nisbatan 4%ga o‘sgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

2025-yil mart oyida foydalanilgan yengil avtomobillar bozorida faollik biroz sekinlashgan bo‘lsa-da, aprel oyida savdolar 22%ga oshib, sotilgan avtomobillar soni 52 ming donaga yetdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠