Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonda ichki ishlar tizimiga noqonuniy ishga kiritmoqchi bo‘lgan ikki shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat

O‘zbekistonda ichki ishlar tizimiga noqonuniy ishga kiritmoqchi bo‘lgan ikki shaxs qo‘lga olindi

Gulhayo Naimova 26.05.20251 daqiqa o'qiladi
128

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralari ikki nafar shaxsni ichki ishlar tizimiga noqonuniy ravishda odamlarni ishga joylashtirishga uringanlikda gumonlab qo‘lga oldi. Ular lavozimga qarab minglab dollar talab qilgani ma’lum qilindi.

Toshkent shahrida Adliya boshqarmasida oddiy aloqa operatori bo‘lib ishlagan, 1992 yilda Urganchda tug‘ilgan shaxs Xorazm viloyatida yashovchi fuqaroga tanish mansabdorlari orqali Ichki ishlar organiga ishga kiritishni va’da qilgan. U askarlik lavozimi uchun 1500, ofitserlik uchun esa 2000 AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u vositachi orqali 1900 dollar va 1 million 295 ming so‘m olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Shunga o‘xshash holat Qashqadaryo viloyatida ham aniqlandi. Milliy gvardiyaning Qarshi shahar bo‘limi xodimi Koson tumanida yashovchi fuqaroni viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 2000 AQSh dollarini olayotganida DXX va Ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.

Rasmiylarga ko‘ra, har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik (168-modda) va pora berish (28, 211-moddasi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *