Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 911.71 −29.94 EUR 13 319.67 −63.34 RUB 146.49 −1.16

Toshkentda eng uzun, Sirdaryoda eng qisqa. Hududlar kesimida umr ko‘rish davomiyligi ma’lum qilindi

Toshkentda eng uzun, Sirdaryoda eng qisqa. Hududlar kesimida umr ko‘rish davomiyligi ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda hududlar bo‘yicha tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024-yilda tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etgan.

Tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi hududlar bo‘yicha quyidagicha:

– Toshkent shahri – 76,8 yosh;

– Farg‘ona viloyati – 76,6 yosh;

– Buxoro viloyati – 76,3 yosh;

– Jizzax viloyati – 76 yosh;

– Navoiy viloyati – 75,8 yosh;

– Toshkent viloyati – 75,1 yosh;

– Samarqand viloyati – 74,8 yosh;

– Namangan viloyati – 74,6 yosh;

– Xorazm viloyati – 74,6 yosh;

– Qashqadaryo viloyati – 74,4 yosh;

– Surxondaryo viloyati – 74 yosh;

– Andijon viloyati – 73,7 yosh;

– Qoraqalpog‘iston Resp. – 73 yosh;

– Sirdaryo viloyati – 72,2 yosh.