2025-yil 1-iyundan boshlab, O‘zbekistonda kam ta’minlangan oila toifalari uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda chegirmalar joriy etiladi.
Yangi tartibga ko‘ra, “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan oilalarga davlat xizmatlari bo‘yicha turlicha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsatish nazarda tutilgan.
–“Sariq” toifaga kiruvchi oilalar davlat xizmatlaridan foydalanganda 50 foiz chegirmaga ega bo‘ladi.
-“Qizil” toifaga kirgan oilalar esa 75 foizgacha chegirmaga ega bo‘ladilar.
Bu toifalar Kam ta’minlangan oila reestriga kirgan yoki ushbu reestrga tushish xavfi ostidagi oilalarni qamrab oladi.
Mazkur chora-tadbirlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat xizmatlariga kirishni tenglashtirish va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida joriy etilmoqda.