Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75 yoshdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda aholi o‘rtacha 75,1 yosh umr ko‘radi. Bu raqam 2023-yildagi 74,7 yoshga nisbatan oshgan bo‘lib, mamlakatda hayot davomiyligi uzayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichlari yillar kesimida:

  • 1991-yil – 66,4 yosh

  • 1995-yil – 69,1 yosh

  • 2000-yil – 70,8 yosh

  • 2005-yil – 71,8 yosh

  • 2010-yil – 73 yosh

  • 2015-yil – 73,6 yosh

  • 2020-yil – 73,4 yosh

  • 2024-yil – 75,1 yosh

Statistik o‘sish aholining sog‘lomlashtirish, tibbiy xizmatlar sifati va umumiy turmush sharoitlari yaxshilanishi bilan bog‘lanmoqda. O‘rtacha umr ko‘rish 30 yilda deyarli 9 yoshga oshgan.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining o‘rtacha yoshi 29,3 yoshni tashkil etgan. Bu esa demografik tarkibda yoshlar ulushi yuqoriligini ko‘rsatadi.