Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 846.57 +37.38 EUR 13 240.91 +34.69 RUB 138.95 +0.80

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan saraton dorisi insonlarda sinovdan o’tkaziladi

iStock 1368602210

Alphabet tarkibidagi Isomorphic Labs kompaniyasi sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan saraton dorisini insonlarda sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bu kompaniya DeepMind’ning AlphaFold texnologiyasidan kelib chiqqan bo‘lib, oqsillarning tuzilishini bashorat qilish orqali yangi dorilarni tez va aniq loyihalash imkonini beradi.

Kompaniya prezidenti Colin Murdochning aytishicha, ular hozir London’dagi ofisida sun’iy intellekt yordamida saratonni davolashga qaratilgan dori ustida ishlamoqda.

“Keyingi katta qadam — bu dorilarni inson tanasida sinash,” dedi u.

Mutaxassislarning fikricha, yangi texnologiya dorilarni ishlab chiqish muddatini qisqartirishi, xarajatlarni kamaytirishi va muvaffaqiyat imkoniyatini oshirishi mumkin.

Murdoch kelajakda sun’iy intellekt yordamida kasallikka mos dori bir tugma bosish bilan yaratiladigan davr kelishiga ishonadi.