Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Britni Spirs samolyotda ichkilik sababli tartibsizlik qildi

IMG 20250524 141532 632

Mashhur qo‘shiqchi Britni Spirs Meksikadan AQShga uchayotgan tijorat reysida ichkilik ichgani va samolyot ichida sigaret yoqqani sababli muammoga uchradi. Bu haqda «TMZ» sayti xabar berdi.

Voqea Kabo San Lukas shahridan Los-Anjeles xalqaro aeroportiga yoʻl olgan reysda yuz bergan.

Guvohlarning aytishicha, Britni  samolyot havoda bo‘lgan vaqtda spirtli ichimlik iste’mol qilgan va shu paytda sigaret yoqqan.
Samolyot ekipaji uni darhol ogohlantirib, bunday harakatlar qoidalarga zid ekanini eslatdi. Har qanday parvozda sigaret chekish taqiqlangan, ayniqsa, yopiq joyda bu xavf tugʻdiradi.

Parvoz muammosiz yakunlangani aytilgan, biroq samolyot Los-Anjeles  aeroportiga qo‘nganidan so‘ng, ekipaj voqea haqida politsiyaga maʼlumot bergan.

Shundan so‘ng aeroportda huquq-tartibot organlari xodimlari Britni Spirsni kutib olgan.

TMZ maʼlumotiga ko‘ra, unga rasmiy ogohlantirish berilgan va bayonnoma tuzilgan. Hozircha jinoyat ishi ochilmagan.

Bu voqea Spirsning so‘nggi oylardagi shaxsiy hayotidagi notinchlik fonida sodir bo‘ldi.
Britni Spirs bu borada hali rasmiy izoh bermadi.