Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 911.71 −29.94 EUR 13 319.67 −63.34 RUB 146.49 −1.16

«Ijtimoiy himoya»dagilar uchun davlat xizmatlarida chegirmalar belgilanadi

"Ijtimoiy himoya"dagilar uchun davlat xizmatlarida chegirmalar belgilanadi

2025-yil 1-iyundan boshlab, O‘zbekistonda kam ta’minlangan oila toifalari uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda chegirmalar joriy etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan oilalarga davlat xizmatlari bo‘yicha turlicha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsatish nazarda tutilgan.

–“Sariq” toifaga kiruvchi oilalar davlat xizmatlaridan foydalanganda 50 foiz chegirmaga ega bo‘ladi.
-“Qizil” toifaga kirgan oilalar esa 75 foizgacha chegirmaga ega bo‘ladilar.

Bu toifalar Kam ta’minlangan oila reestriga kirgan yoki ushbu reestrga tushish xavfi ostidagi oilalarni qamrab oladi.

Mazkur chora-tadbirlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat xizmatlariga kirishni tenglashtirish va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida joriy etilmoqda.