Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 963.16 +49.81 EUR 13 390.36 +61.70 RUB 142.33 −0.06

Xorazmda ikki o‘smir qiz 7-qavatdan o‘zini tashlab, vafot etdi

photo 2025 07 09 08 33 49

 Xorazm viloyatining Urganch shahrida ikki o‘smir qiz 7-qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Voqea 7-iyul kuni soat 08:15 larda Nurli hayot ko‘chasi, 20-uyda sodir bo‘lgan. Yetti qavatli uyning tomidan sakragan qizlarning biri 2009-yilda, ikkinchisi esa 2010-yilda tug‘ilgan.

Holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.