Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

Korrupsiyaga qarshi kurash reytingi: O‘zbekistonning oʻrni oʻzgarishsiz qolmoqda

IMG 20250709 085734 377

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ayrim ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan noto‘g‘ri ma’lumotlarga munosabat bildirdi. Jumladan, Transparency International tashkilotining 2024-yilgi Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 28 ball bilan 126-o‘rinni egallagani haqidagi xabarlar asossiz ekani aytildi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 11-fevral kuni e’lon qilingan reytingda O‘zbekiston 32 ball bilan 180 davlat orasida 121-o‘rinni egallagan. Bu — o‘tgan yilgi ko‘rsatkich bilan bir xil bo‘lib, salbiy emas, ijobiy o‘zgarishlarning davom etayotganini bildiradi. Taqqoslash uchun, so‘nggi yetti yilda O‘zbekiston 37 pog‘ona yuqorilagan.

Transparency International O‘zbekistonni Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda korrupsiyaga qarshi ko‘rsatkichlari yaxshilangan besh mamlakatdan biri sifatida qayd etgan. So‘nggi besh yilda mamlakat ko‘rsatkichi 7 ballga, oxirgi o‘n yillikda esa 13 ballga oshgan.

Hukumat korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni davom ettirmoqda. Xususan, maxsus “yo‘l xaritasi” asosida qonunchilik islohotlari amalga oshirilmoqda. “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun, korrupsiyaga qarshi bilimlarni oshirish tizimi joriy etilgan. Davlat xizmatchilari uchun “halollik tekshiruvi” hamda xabar beruvchilarni himoya qilish mexanizmlari takomillashtirilmoqda.

Agentlik OAV vakillarini tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka, axborotni aniqlik bilan yetkazishga va davlatning xalqaro imijiga zarar yetkazmaslikka chaqirdi. Shu bilan birga, soha vakillari bilan ochiq va xolis hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.