Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 846.57 +37.38 EUR 13 240.91 +34.69 RUB 138.95 +0.80

1 200 nafardan ortiq fuqaroga soxta haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berilgani aniqlandi

7986e1a8 3648 4b89 a5f5 4a3ff5e1c828 960x540 1

Bosh prokuratura bergan ma’lumotlarga ko’ra, 8 ta viloyatda (Toshkent shahri, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Andijon va Qashqadaryo) 1 200 nafardan ortiq fuqarolarga soxta haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berilganligi aniqlangan.

 

Haydovchilik guvohnomalari soxtalashtirilganligi holati yuzasidan Davlat xizmatlari markazi xodimlari va boshqalarga nisbatan tegishli moddalar bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Soxta guvohnomalarni olgan fuqarolarning 455 nafari 1 305 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan, 9 nafari yo‘l-transport hodisasi sodir etgani oqibatida, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan va 3 nafari vafot etgan.

 

Hozirda soxta guvohnomalar va ularni rasmiylashtirishga asos bo‘lgan barcha hujjatlar to‘liq tekshirilayotgani, tergov harakatlari rejalashtirilgan tartibda davom etaytogani ma’lum qilindi.