Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 963.16 +49.81 EUR 13 390.36 +61.70 RUB 142.33 −0.06

O‘zbekistonda 5 oyda 114 mingdan ortiq haydovchi jarima ballari oldi

og og 1568102070217649508

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushirilgach, 114 mingdan ortiq ortiq haydovchi jarima ballarini oldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

 

Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanishi 1-iyundan boshlab yo‘lga qo‘yilgandi. YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshevning bildirishicha, shu davr ichida, ya’ni 1-iyundan 30-oktyabrgacha besh oy davomida 114 mingdan ortiq haydovchilar jarima ballari oldi.

 

Shundan 114 374 nafari bir baldan besh ballgacha jarima ballarini olgan bo‘lsa, olti nafar haydovchilar 5 baldan 6 ballgacha bo‘lgan jarima ballari olgan. Bor-yo‘g‘i ikki nafar haydovchilarga nisbatan biriga 7, yana biriga 8 jarima balli qo‘yilgan.

 

Bu davrda umumiy yo‘l-transport hodisalari 6,3 foizga, aynan haydovchilar aybi bilan sodir etilgan avtohalokatlar esa 31,2 foizga kamayishiga erishilgan.

 

“Mana shu raqamlar ham qaysidir ma’noda jarima ballari amaliyotda asqatganligini ko‘rish mumkin. Chunki jarima ballari yo‘q vaqtda mana shunday ijobiy tafovut yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha kuzatilmagan edi”, dedi u.

 

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 2026-yil 1-apreldan boshlab jarima ballari qurilmalar, ya’ni qoidabuzarliklarni onlayn qayd etuvchi texnika vositalari tomonidan ham aniqlanib, ya’ni hisoblanib boshlanadi. Bunda jarima avtomashinaning egasi va ushbu avtomashinadan fuqarolik boshqa munosabatlar asosida, ya’ni ishonchnoma, sug‘urta polisi, yo‘l varaqasi asosida boshqaradigan boshqa haydovchilarga taqsimlanadi. Unda albatta, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasidan foydalaniladi.

 

Yo‘l harakati qoidalarini 12 oy mobaynida  buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida, keyingi davrda yo‘l harakati qoidalarini birinchi marta buzgani uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi. Jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.